
Leningrad viloyatida fojia yuz berdi: elektrichka urib ketishi natijasida 45 yoshli migrant halok bo‘ldi. Politsiya migrant mast bo’lganinin iddao qilmoqda.
Hodisa Vsevolojsk tumanida, Devyatkino va Kapitolovo o’rtasidagi temir yo’l uchastkasida sodir bo’lgan. Yo’lovchi poyezdi Devyatkinodan Sosnovoga ketayotganda mashinist erkakni relsda ko’rib, signal chalib, favqulodda tormozlarni bosgan, ammo poyezdni vaqtida to’xtata olmagan.
Hodisa tufayli uchta yo’lovchi poyezdi kechikdi.
Eslatma: temir yo’l xavf yuqori bo‘lgan hudud. Hech qachon ruxsatsiz joyda relslardan o’tmang yoki mast holda relslarga yaqinlashmang. Spirtli ichimliklar diqqat va reaksiya vaqtini pasaytiradi, bu esa poyezdni to’xtatishni juda qiyinlashtiradi.
Xavfsizlik qoidalari va jamoat tartibiga rioya qiling – bu sizning hayotingizni saqlab qolishi va sizni turli muammolardan himoya qilishi mumkin.