Maqola

550 24/08/2025

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov muhojir bolalarni rus tilini yaxshi bilmasliklari uchun maktabga qo‘ymaslikka qarshi chiqdi. Bunday bolalarning til bilmasligida aybi yo‘qligini, ularga moslashishga davlat yordam berishi kerakligini ta’kidladi.

«Qanday qilib bolani maktabga qo’ymaslik mumkin? U qayerda bo’lishi kerak? Til bilmasligi uning aybi emas», – deydi Minnixanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarga rus tilini o‘rganish uchun sharoit yaratish kerak. Uch-to’rt oy ichida bola asosiy bilimlarni egallashga va boshqalar bilan teng ravishda o’qishni davom ettirishga qodir. Hozirda Tataristonda 3178 nafar xorijlik bola tahsil olmoqda. Respublika rahbari ularning oilalari asosan mehnatga layoqatli va qonunga bo‘ysunuvchilardan bo‘lgani uchun ular bilan tizimli ishlash muhimligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Markaziy Rossiyaning bir qator mintaqalarida majburiy rus tili imtihoni tufayli maktablarda migrant bolalar soni sezilarli darajada kamaydi. Bir yil avval esa 250 nafar bola qabul qilingan Kaluga viloyatida topshirilgan 91 ta arizadan atigi 36 nafari imtihondan o‘tgan. Voronej viloyatida imtihon topshirgan 16 nafardan yarmi, Tulada esa 62 nafardan 30 nafari ro‘yxatga olingan.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya