
4-oktyabrga o‘tar kechasi Sankt-Peterburgning Degtyarnaya ko‘chasidagi 5-7-sonli bino yonida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Natijada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi — ikki ayol va ikki erkak milisiya bo‘limiga olib ketilgan.
Ichki ishlar vazirligining shahar va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mojaro bayram tadbiridan keyin sodir bo‘lgan. Jarohatlanganlar yo‘q, hech kim tibbiy yordamga murojaat qilmagan.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, 40 va 38 yoshli ikki ayol va 37 va 33 yoshli ikki erkak qo‘lga olingan. Ularning barchasi Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 20.1-moddasi — “mayda bezorilik” bo‘yicha ayblangan. Huquqbuzarlar vaqtincha maxsus saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
Videokuzatuv kameralari tasvirida janjal ayollar o‘rtasida boshlanganini ko‘rish mumkin. Ular bir-birlarini urib, sochlarini yulishni boshlagan. Boshqa ishtirokchilar ularni ajratishga harakat qilgan, lekin buning iloji bo‘lmagan.
Syentralniy tuman politsiyasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda va voqea holatlari o‘rganilmoqda. Natijalar asosida protsessual qaror qabul qilinadi.