Maqola

273 28/04/2024

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga hech qaysi transport turi bilan bormaslikni tavsiya qiladi, deyiladi Tojikistonning Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotida. Bunday keskin tavsiyaga Tojikiston fuqarolari Rossiyada asossiz qiyinchiliklarga uchrayotgani sabab bo‘lgan.

22-mart kuni Moskva shahrida “Crocus City Hall”gi teraktdan so‘ng Tojikiston fuqarolari bosim ostida qoldi. Reydlarda aynan Tojikiston fuqarolari qattiq tekshirila boshladi. Rossiya jamiyatida tojikistonliklarga nisbatan yomon munosabat rivojlana boshladi. Maktablarda tojikistonlik bolalar tengdoshlari tomonidan tahqirlanib kelmoqda.

Qolaversa, Orenburgdagi Rossiya va Qozog‘iston chegarasida minglab tojikistonliklar sababsiz mamlakatga kiritilmasligi kuzatildi. Chegarada qolib ketgan tojikistonliklar bo‘yicha Tojikiston hukumati Rossiya elchisini chaqirtirib, vaziyatdan xavotirdaligini bildirgan.

Biroq vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmagach, 26-aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi tojikistonliklarga Rossiyaga zaruratsiz bormaslikni tavsiya qilib, xalqqa murojaat qildi.

Rossiya hukumati Tojikistonning munosabatiga rasmiy izoh bergani yo‘q.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya