Мақола

73 13/04/2024

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin Krokus-Siti Xolldagi teraktda gumon qilingan tojikistonliklarning Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan qiynoqlarga solinganini qoralab, Rossiya tomoni tergov davomida “xalqaro huquq normalari, ayniqsa, aybsizlik prezumpsiyasi va qiynoqlarni taqiqlash tamoyillariga rioya qilishi shart”, dedi.

Minskda boʻlib oʻtgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishida soʻzlagan nutqida “ochiq axborot maydonida terrorchilik harakatini sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan qiynoqlar, tana jarohati qoʻllagan holda hibsga olingani aks etgan tasvirlar namoyish etilishini qabul qilinishi mumkin emas.

Bunday yoʻl bilan olingan iqrorlarning qandayligi hammaga yaxshi maʼlum”, — degan tojikistonlik vazir.

Tojikiston, mamlakat TIV rahbarining soʻzlariga koʻra, terakt boʻyicha tergov xolis va adolatli boʻlib, jinoyat tashkilotchilari, aybdorlar, sheriklar va buyurtma berganlarning barchasi jazolanishini kutmoqda.

Sirojiddin Muxriddin rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “terrorchilik harakatlarining maqsadi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, hech qanday millat yoki elat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin emas va bo‘lmasligi kerak”, deb ta’kidlagan.

Muxriddin, shuningdek, “Krokus” teraktidan so‘ng Rossiya jamiyatida ksenofobiya kuchayganini qoralab, “noxolis axborot kampaniyasi” natijasida Tojikiston va tojikistonlik fuqarolarga nisbatan salbiy tushuncha shakllanayotganini, bu qabul qilib bo‘lmaydigan holat ekanini aytgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация