114 26/04/2024

So‘nggi kunlarda tojikistonliklar orasida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolik masalasi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Bu mavzu bir qator OAVlarda mazkur masala yoritilganidan so‘ng axborot olamiga qaytgan. Masalan, so‘nggi kunlarda Rossiyaning targ‘ibot kanali bo‘lgan “Sputnik Tojikiston” nashrining o‘zida shu mavzuda 10 ga yaqin maqolalar chop etildi.

Chop etilgan materiallarning mazmuni mamlakatning kuzatuvchi maqomida bo‘lsa ham YEOIIga kirishi ustunliklari haqida bo‘lgan.

Bu safargi muhokamalar ittifoqqa kirish taklifining kamroq tanqid qilinayotgani bilan ajralib turibdi.

Deyarli barcha argumentlarning negizida tojikistonlik mehnat muhojirlarining Rossiyadagi huquqiy holati ko‘rsatilmoqda.

Aytish joizki, Tojikistonning YEOIIga kirish masalasi axborot olamiga O‘zbekiston prezidentining tashrifidan keyin qaytgan.

Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahriga tashrifi davomida bir qator kelishuvlarga erishilib, ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston elchixonasining Tojikistondagi yangi binosi ochilish marosimini o‘tkazgan.

O‘zbekiston YEOIIga kuzatuvchi maqomida a’zo ekanini, Tojikiston esa hech qanday maqomda a’zo emasligini eslatib o‘tamiz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация