14-martdan Dushanbe – Bishkek va Xo’jand – Bishkek yo’nalishlari bo’yicha aviareyslar ishga tushirildi, bu haqda «Asia-Plus» nashri xabar bermoqda.
«Somon Air» aviakompaniyasi 14-mart kuni deyarli 4 yildan beri ilk bor Dushanbe – Bishkek – Dushanbe yo’nalishi bo’yicha charter reysini amalga oshiradi.
23-martdan boshlab bu yo’nalish bo’yicha reyslar haftada bir marta, yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Dushanbedan parvoz vaqti – 10:30, Bishkekdan – 14:20 (mahalliy vaqt bilan). Parvoz davomiyligi Dushanbedan 1 soat 30 daqiqa va qaytish yo’nalishida 1 soat 20 daqiqani tashkil etadi.
Yaqin kelajakda Bishkekka reyslar chastotasini haftada ikki martagacha – chorshanba va yakshanba kunlari ko’paytirish rejalashtirilmoqda. Reyslar Boeing 737-800 va Boeing 737-900 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Reyslarning dolzarb jadvalini aviakompaniyaning rasmiy veb-sayti somonair.com orqali, shuningdek, sotuv ofislarida va aviachiptalar sotuvchilari orqali bilib olish mumkin.