Maqola

1 135 18/12/2025

Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbari bilan telefon orqali suhbatda Tojikiston Ichki ishlar vaziri 10 yoshli Tojikiston fuqarosi Qobiljon Aliyev o‘ldirilishi bo‘yicha keng qamrovli va xolis tergov o‘tkazishga chaqirdi. Tojikiston tomoni «hodisaning barcha sabablari aniqlanishini va aybdorlar javobgarlikka tortilishini» talab qildi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbari tergov allaqachon boshlanganini va «nazorat ostida» ekanligini va jinoiy ish qo‘zg‘atilganini bildirgan.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ilgari bu voqeani «millatchilikka asoslangan harakat” deb atagan va Rossiyaning Tojikistondagi elchisiga rasmiy nota, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga tegishli xat yuborgan edi.

Fojia yuzasidan izoh berar ekan, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova «Rossiya tomoni hodisani xolis va ob’yektiv tekshirish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshiradi» deb ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Tergov qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligiga «barcha mavjud tafsilotlarni aniqlashtirish va tojik tomoniga zarur yordam ko‘rsatish» uchun murojaat qilgan.

Zaxarova shuningdek, qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini va «hodisaning barcha holatlari hozirda aniqlanayotganini» aytdi. Bundan tashqari, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi marhumning oilasiga hamdardlik bildirdi.

Hodisa Xavfsizlik Kengashi darajasida ham muhokama qilindi. Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Shoygu tojikistonlik hamkasbi Yusuf Rahmon bilan telefon orqali suhbatlashdi. Xavfsizlik Kengashi matbuot xizmati «huquqni muhofaza qilish organlari hodisaning barcha holatlarini ob’yektiv tekshirishni ta’minlash uchun choralar ko‘rayotganini» ta’kidladi.

Qobiljon Aliyevning jasadi Tojikistonga yetkazildi. Janoza va vidolashuv marosimi bugun, 18-dekabr kuni Shahrinav tumanining Cheptura qishlog‘ida bo‘lib o‘tadi.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya