Maqola

153 12/09/2024

“Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining davlat chegarasi orqali kirishida yer usti va havo punktlarida kuchaytirilgan nazorat tartibi davom etayotganini inobatga olgan holda, Tojikiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi Tojikiston Respublikasi fuqarolariga vaqtincha Rossiya Federatsiyasiga kelmaslikni tavsiya qiladi”, – deyiladi elchixona bayonotida.

Bu Tojikiston hukumatining Rossiyaga bormaslik mazmunidagi ikkinchi bayonoti hisoblanadi. Aprel oyida ham tojikistonliklarga Rossiyaga bormay turish tavsiya qilingan edi. O‘shanda, Moskva aeroportlarida tekshiruvlar sababli yuzlab tojikistonliklar Rossiyaga kiritilmagani va Orenburg viloyatida Qozog‘iston bilan chegarada navbatlar uzaygani haqida xabar berilgan edi.

O‘z navbatida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tojikistonliklardan iborat navbatlarni teraktdan keyingi terroristik tahdidni oldini olish tadbirlari bilan izohlagan. Boshqa hech qaysi davlatning tavsiyasiga Rossiya TIV munosabat bildirgani yo’q.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ham shu yilning may va sentyabr oylarida o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslik tavsiyasini bergan edi.

O‘zbekiston esa qo‘shni davlatlardan farqli o‘laroq, bir martagina bu yilning may oyida o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormay turishni tavsiya qilgan, xolos.

Shundan buyon Rossiyada o‘zbekistonlik muhojirlarning huquqlari buzilishiga oid yuzlab holatlar O‘zbekiston hukumatining e’tiborini tortmay kelmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya