
Ximki shahrida mahalliy ayol politsiyaga uning bank kartasidan 16 000 rubldan ortiq pul yechib olingani haqida xabar berdi. Huquqni muhofaza qilish organlari gumondor markaziy osiyolik migrant ekanini tezda aniqladi.
Erkak o’z aybini to’liq tan oldi. Uning so’zlariga ko’ra, kartani ko’chadan topib, do’konda xarid qilish uchun ishlatgan. Endi unga qarshi jinoiy ish qo’zg’atilgan va unga yashash joyidan chiqmaslik buyurilgan.
Ammo bu yerda yana bir muhim tafsilot bor.
Rossiyaning turli mintaqalarida karta bilan “podstava” qilish holatlari tobora keng tarqalmoqda. Ko’chaga ataylab tashlab ketilgan yoki bexosdan tushib qolgan bank kartasini topib olgan migrant undagi birovning pullarini sarf qiladi va albatta qo‘lga olinadi. Hibsga olinganlarga politsiya urushga borishni taklif qilgan hollar ko‘plab uchrab turibdi.
Shuning uchun quyidagilarni yodda tutish muhimdir:
Hech qachon boshqa birovning bank kartalarini olmang yoki ishlatmang.
Agar karta topib olinsa, uni darhol bankka topshirish yoki do’kon xodimlariga yoxud politsiyaga qo’ng’iroq qilish ma’qul.
Hatto boshqa birovning kartasi bilan bitta xarid ham jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.
Oqibatlari jiddiy bo’lishi mumkin: jinoiy javobgarlikka tortish, deportatsiya, huquqni muhofaza qilish organlarining bosimi va urushga yollashga urinishlar.
Diqqatli bo‘ling. Bunday vaziyatlarda ehtiyot bo’lish sizning eng yaxshi himoyangizdir.