
AQSH Davlat departamenti Qo‘shma Shtatlarga biznes yoki sayyohlik vizalarini olishni istagan chet elliklarga «premium» tezlashtirilgan viza xizmatini taklif qiladi. Ariza beruvchilar ushbu xizmat uchun dastlabki 185 dollarlik to‘lovdan tashqari 750 dollar to‘laydi.
Shu hafta Federal reyestrda e’lon qilinadigan xabarnomada departament sinov dasturining ishga tushirilishini e’lon qiladi, unga ko‘ra vizaga talabgorlar AQSH elchixonalari va konsulliklarida to‘lovdan keyin 10 kun ichida suhbatga yozilish uchun 750 dollar to‘lashlari mumkin.
Associated Press tomonidan olingan ichki hujjatlarga va Davlat departamentining dastur hali e’lon qilinmaganligi sababli o‘zini oshkor qilmaslikni so‘ragan xodimining so‘zlariga ko‘ra, sinov dasturi 1-iyuldan 31-dekabrgacha davom etadi. Bu harakat Tramp ma’muriyati tomonidan Qo‘shma Shtatlarga kirishni qiyinlashtirish uchun qo‘yilgan shartlarni yumshatishga urinish bo‘lishi mumkin. Ma’muriyat boshqa mamlakatlardan kelgan migrantlarning aksariyat toifalari uchun qoidalarni kuchaytirdi, ba’zi mamlakatlarda, asosan Afrikada viza olish uchun 15 000 dollargacha depozit talab qildi va ariza beruvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini, jumladan, ijtimoiy tarmoq akkauntlarini tekshirishni yo‘lga qo‘ydi.