Maqola

902 18/01/2025

Bu haqda Wall Street Journal manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Birinchi maqsad Chikago shahri bo‘ladi. Reyd seshanba kuni ertalab, inauguratsiyadan keyingi kuni boshlanib, bir hafta davom etadi, deb yozadi WSJ. AQShning Muhoirlik va Bojxona xizmati operatsiyani amalga oshirish uchun 100 dan 200 gacha xodimni jalb qiladi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Tramp ma’muriyatida yangi tayinlangan “chegaralar qiroli” Tom Homan operatsiya rejalashtirilgani haqida o‘tgan oydan beri xabardor bo‘lgan. “Agar Chikago meri bizga yordam berishni istamasa, u chetga chiqishi mumkin. Ammo agar u bizga xalaqit bersa yoki noqonuniy muhojirni attayin yashirsa, men uni qonun bo‘yicha javobgarlikka tortaman”, — degan edi Homan Chikagoga safari chog‘ida.

Chikagodan keyingi reydlar Nyu-York, Los-Anjeles, Denver va Mayamida ham o‘tkazilishi mumkin, deb yozadi WSJ.

Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasida ko‘p marta noqonuniy muhojirlarga qarshi kurashishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb hisoblashini aytgan va ommaviy deportatsiyalarni boshlashni va’da qilgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya