Maqola

122 16/06/2025

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat tarixdagi eng yirik noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishga tayyorlanayotganini aytdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Uning so’zlariga ko’ra, ICE immigratsiya xizmati xodimlari mamlakatda noqonuniy bo’lganlarni Qo’shma Shtatlardan chiqarib yuborish uchun hamma narsani qilishlari kerak. Uning ta’kidlashicha, ICE xodimlari bu vazifani bajarishda «kuch, qat’iyat va jasorat» ko’rsatmoqda.

Trampning aytishicha, harakatlar Los-Anjeles, Chikago va Nyu-York kabi yirik shaharlarga qaratiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu yerda ko‘plab noqonuniy muhojirlar – “bir necha million kishi” yashaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Fort-Bregdagi harbiy tadbirda nutq so‘zlab, Kaliforniyadagi norozilik namoyishlarida qatnashayotgan odamlarni “hayvon” deb atagan edi. Bu nutq keskin tanqidga sabab bo’ldi.

8-iyun kuni Los-Anjelesda migrantlarning ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Odamlar Trampning yuz minglab odamlarning deportatsiya qilinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan siyosatiga qarshi ko‘chalarga chiqdi. Namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi: politsiyaga qarata petardalar otildi, ular ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan javob berdi.

Tramp keskin javob qaytardi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar “g‘alamislar” tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklarga toqat qilmaydi. U Pentagon, Adliya departamenti va Ichki xavfsizlik departamentlariga tartibni tiklashni topshirdi. U, shuningdek, Kaliforniya Milliy gvardiyasiga ICE immigratsiya xizmatini qo’llab-quvvatlashni buyurdi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya