Bu haqida “Axios” nashri xabar bermoqda. Nashrning xabariga ko’ra, Tramp 90 soniyalik videoyozuv yozib, uni ushbu hafta ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilishni rejalashtirgan.Videoda Amerika prezidenti AQSh fuqaroligini olishni xohlaydigan noqonuniy migrantlarga ilovada ro’yxatdan o’tishni va hibsga olinmay, deportatsiya qilinmasdan oldin mamlakatni tark etishni taklif qiladi.
Tramp agar noqonuniy migrantlar ilovada ro’yxatdan o’tmasa va o’zini deportatsiya qilmasa, ularni hokimiyatlar majburiy deport qilishini va keyin AQShga qonuniy ravishda qaytish imkonsiz bo’lishini ta’kidlagan.
«Agar ular buni qilsalar, kelajakda qonuniy ravishda qaytish imkoniyatiga ega bo’lishlari mumkin», degan Tramp. Donald Trampning so’zlariga ko’ra, sobiq prezident Jo Baydenning ma’muriyati “CBP One” ilovasi orqali «bir milliondan ortiq xorijliklarning noqonuniy ravishda AQShga kirishiga yordam bergan». Shuning uchun platforma yopilgan.
Trampning so’zlariga ko’ra, “CBP Home” ilovasi AQShni tark etish va ixtiyoriy deportatsiya qilish uchun oddiy usul hisoblanadi. “Axios” nashri ushbu loyiha hibsga olingan migrantlarni mamlakatdan chiqarish uchun resurslarning yetishmasligi fonida ishga tushirilgan.
Videoda aytib o’tilishicha, ilova «AQSh soliq to’lovchilarining dollarlarini va CBP (Migratsiya va bojxona politsiyasi)ning qimmatli resurslarini tejashga yordam beradi».