150 23/09/2024

Xo‘jandga avtobus reysi ochildi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahridan Tojikistonning Xo‘jand shahriga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Olmaliq – Xo‘jand yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni “Olmaliq Isuzu Trans” korxonasi amalga oshirmoqda.

Avtobuslar Olmaliq avtovokzalidan har kuni soat 7:00 da jo‘nab ketadi.

“Rossiya temir yo‘llari” korxonasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi

Qaror Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Vitaliy Savelyev boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasining O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir Abdulla Aripov va transport vaziri Ilhom Mahkamov bilan uchrashuvi yakunida qabul qilindi.

Rossiyada yomg‘ir yoki boshqa favqulodda holatlar vaqtida taksi uchun yo‘l haqqini ko‘tarish taqiqlanishi mumkin

Bu haqida qonun loyihasi Rossiya parlamenti – Gosdumaga kiritilgan va kuzgi sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Qolaversa, taksi mashinalarining bir xil rangda bo‘lishi talabi bekor qilinishi mumkin. Taklifga ko‘ra taksi mashinasining tomida chiroq va yon tomonida chiziqlari bo‘lishi yetarli bo‘ladi.

Mazkur taklif taksi mashinalarining xarajatlarini kamaytiradi va haydovchilarning ish faoliyatini yengillashtiradi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya