Maqola

194 26/09/2024

Rossiyada haydovchilar rulda elektron sigaretalar va boshqa tamaki mahsulotlarini chekkani uchun 1,5 ming rubl jarimaga tortilishi mumkin. Mash telegram kanalining ma’lumotlariga ko‘ra, Transport vazirligi Yo‘l qoidalarining 2.7-bandiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda. Ushbu bandda haydovchiga qo‘lini bo‘shatadigan maxsus moslamasiz telefondan foydalanish taqiqlanadi. Endi esa ushbu taqiqni barcha qurilmalarga, jumladan, elektron sigaretalar va boshqa qo‘lni band qiladigan narsalarga kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Agar o‘zgarishlar qabul qilinsa, kameralar faqat telefondan foydalanishni emas, balki elektron sigaret chekish va telefon orqali yozishmalarni yoki video tomosha qilishni ham qayd etishi mumkin bo‘ladi. Qoidabuzarlarga 1,5 ming rubl jarima solinadi. Oddiy sigaretlarni taqiqlash masalasi esa alohida muhokama qilinmoqda. O‘zgartirishlar loyihasi ayni vaqtda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, 10-oktabrgacha qayta ishlanadi.

Mazkur yangiliklarni hisobga olib, Rossiyada haydovchi bo‘lib ishlayotgan muhojirlarga kutilayotgan o‘zgarishlarga tayyor turishni va imkon qadar rulda qo‘lni band qilmay, jarimaning oldini olishni tavsiya qilamiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya