
Podmoskoveda ikki kishining oʻlimiga sabab boʻlgan narkotiklarni sotishda gumon qilinib, Markaziy Osiyo respublikalaridan birining uch nafar fuqarosi qoʻlga olindi. Qoʻlga olingan xorijliklar 23 dan 34 yoshgacha. IIV viloyat bosh boshqarmasi vakili Tatyana Petrova ma’lum qilishicha, fojia 27-iyun kuni Solnechnogorsk yaqinidagi Bakeyevo posyolkasida yuz bergan.
U yerda ijaraga olingan uyda bir guruh yoshlar tugʻilgan kunni nishonlayotgan edi. Narkotiklar iste’mol qilinishi natijasida ikki nafar mehmon voqea joyida vafot etgan, yana bir necha kishi ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Uyni koʻzdan kechirish chogʻida bazm ishtirokchilaridan birida metadon topildi. Ushbu erkakka nisbatan tergovchilar jinoyat ishi qoʻzgʻatishdi.
Ularga giyohvand moddalar yetkazib berishda gumonlanayotgan uch nafar chet el fuqarosi Moskva va Yaroslavl viloyatida qoʻlga olindi. Qoʻlga olinganlardan birining uyida oʻtkazilgan tintuv chogʻida tezkor xodimlar noma’lum modda boʻlgan 149 ta paketni olib qoʻyishdi. Tekshiruv ushbu paketlardan oltitasida mefedron borligini koʻrsatdi. Hozirda qoʻlga olinganlar qonuniy qaror qabul qilish uchun tergovchilarga topshirilgan.