
Tulada 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi giyohvand moddalarni tarqatishga uringani uchun hukm qilindi. Bu haqda Tula viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, may-iyun oylarida erkak noma’lum shaxs bilan til biriktirgan. U sherigidan yuzdan ortiq metadonning paketini olgan. Rejaga ko’ra, og‘uni «zakladka» orqali tarqatish kerak edi.
Sud uni aybdor deb topib, 9,5 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qildi.
Migrantlarga eslatib o‘tamizki, giyohvand moddalar bilan bog’liq har qanday xatti-harakatlar – saqlash, tashish yoki tarqatish – qamoq jazosiga olib keladi. Erkinligingiz va kelajagingizni xavf ostiga qo’ymang!
Shuni ham aytib o‘tish lozimki, migrantlar ko‘plab hollarda “podstavka” oqibatida qo‘lga tushiriladi. Qamoqqa tushgan migrantga Ukrainaga urushga borish taklif etiladi. Qamoq azobidan qutulish uchun bechora migrant rozi bo‘ladi va aksar hollarda jasadi Ukraina dalalarida qolib ketadi.