Maqola

814 29/07/2025

2025-yilning 23-iyulida Turkiyadagi “Akkuyu” atom elektr stansiyasi qurilishida ish tashlash boshlandi. Ishchilar, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari fuqarolari yo‘lni to‘sib, transportni to‘xtatgan. Ular bir necha oydan beri olmagan maoshlarini berishni talab qilmoqda.

“Akkuyu” AES Rossiyaning “Rosatom” sho‘ba korxonasi “Akkuyu Nuclear” kompaniyasi tomonidan qurilmoqda. Ishchilar rossiyalik pudratchi ularning to‘lovini kechiktirayotganidan shikoyat qilmoqda. E’tirozlarga javoban kompaniya politsiyaga qo’ng’iroq qilgan, norozi ishchilarga uyiga chipta olib ketishni taklif qilgan. Turk politsiyasi namoyishchilarni suv purkagich bilan tarqatib yubordi.

Voqea joyidan olingan videolar Qozog‘iston va Rossiyaning Telegram kanallarida paydo bo‘ldi. Kadrlarda ishchilarning yo‘lni to‘sib qo‘ygani va xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvlarni ko‘rish mumkin.

“Rosatom” vaziyatga izoh berishicha, to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar kompaniyaning fikricha, Rossiya yadroviy loyihalariga xalaqit beradigan “pul mablag‘larini blokirovka qilish” va “do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarning harakatlari” bilan bog‘liq. “Rosatom”, shuningdek, pudratchilar rahbariyati ishchilar bilan uchrashib, muammoni hal qilishga urinib ko‘rishiga va’da berdi.

Mojaroga qaramay, AES qurilishi davom etmoqda. Ayni paytda stansiyaning to‘rtta energiya blokida ish olib borilmoqda.

Eslatib o’tamiz, “Akkuyu” AES loyihasi 2018-yilda boshlangan. Qurilish muddati bir necha bor ortga surilgan.

Ayni paytda “Rosatom” O‘zbekistonda ham xuddi shunday atom elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda. Biroq, moliyaviy qiyinchiliklar va boshqa ob’ektlardagi ishchilarga to’lovlarning kechikishi fonida savol tug’iladi: Rossiyada bir vaqtning o’zida bir nechta mamlakatlarda AES qurish uchun etarli mablag’ va resurslar bo’ladimi?

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya