Maqola

809 16/10/2025

Turkiya mamlakatga kelayotgan turkiy millat vakillariga “chet ellik” deb qaramasligi va Erdog‘anning shu haqda qaror imzolagani haqida xabarlar tarqaldi. Turli manbalar bu toifaga kiradigan xalqlarni turlicha sanab o‘tishadi: ba’zilarida Axiska turklari, uyg‘urlar, qrim tatarlari, Bolgariya va Gresiyadan kelgan etnik turklar, boshqalari esa turkmanlar va o‘zbeklarni ham qo‘shishgan.

Turkiya 2025-yil 10-oktyabrdan boshlab mamlakatda ishlashni xohlovchi turkiy millatga mansub xorijliklar uchun qoidalarni o‘zgartirdi. Ushbu talablar yettitadan o‘ntagacha kengaytirildi.

Ilgari keluvchilar ma’lumoti, malakasi, ro‘yxatdan o‘tganligi, xavfsizligi bilan muammo yo‘qligi va yashash ruxsatnomasi borligini isbotlashi kerak edi.
Endi uchta yangi talab qo‘shildi:

Nomzod haqiqatan ham turkiy jamoaga (Türk soylu) tegishli ekanligini rasman tasdiqlashi kerak.
Shuningdek, o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra o‘z vatanlarida o‘z kasblari bo‘yicha ishlay olmasligini va shuning uchun Turkiyada yashashga majbur bo‘layotganini isbotlashlari lozim.

Kimning turkiy jamiyat vakili hisoblanishi haqidagi qarorni endi Vazirlar Kengashi emas, Turkiya Prezidenti qabul qiladi.

Turkiy kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat (Türk soylu belgesi) muhojir kelayotgan mamlakatdagi Turkiya elchixonasidan olinishi va keyin mahalliy ma’muriyat (kaymakamlık) tomonidan tasdiqlanishi aytilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ushbu yangi qoidalar O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyada erkin ishlash huquqini bermasligini eslatdi. O‘zbekistonliklarning mamlakatda ish bilan ta’minlanishi amaldagi qonunlar bilan tartibga solinadi va ruxsat olish talab etiladi.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya