226 20/02/2026

Tver politsiyasi 30 yoshli Markaziy osiyolik muhojirni hibsga oldi. U giyohvand moddalar savdosida gumon qilinmoqda.

Tintuv paytida uning yonidan jami taxminan 10 gramm bo‘lgan 32 ta metadon paketi topildi. Bu katta miqdor hisoblanadi. U yashagan yotoqxonada politsiya yana 70 gramm giyohvand modda, shuningdek, tarozi va qadoqlash materiallarini topdi.

Katta miqdorda giyohvand moddalar savdosiga urinish uchun erkakka qarshi jinoiy ish qo’zg’atildi. U 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Hozirda u hibsda.

Politsiya giyohvand moddaning kelib chiqishi va yana kimlar bunga aloqador bo’lishi mumkinligini tekshirishda davom etmoqda.

Shuni bilingki, Rossiyada giyohvand moddalar savdosi jiddiy va uzoq muddatli qamoq jazolarini nazarda tutadi. Hatto biror kishi «shunchaki birov uchun» yoki “zakladka“ qilgan» bo’lsa ham, bu jiddiy jinoyat hisoblanadi.

Migrantlarga oson pul topish orzusida bu kabi xavfli ishlarga aralashib qolmang, deymiz. Zero, “so‘nggi pushaymon o ‘zingga dushman”, deydilar.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya