151 24/10/2024

Tver viloyatida asosan migrantlar yashaydigan xostel yashovchilaridan biri yotoqxonani yoqib yubordi. Yong’inni uyushtirgani uchun qo‘lga olingan shaxs huquq-tartibot idoralariga «pullarini o‘g‘irlatgani sababli yotoqxonani yoqib yuborganini» aytgan. Yong’in natijasida olovdan qochish maqsadida ikkinchi qavatdan sakragan bir kishi jarohat olgani haqida “Bloknot” nashri xabar bermoqda.

Yong’in 20-oktabr kuni Novozavidovskiy qishlog‘ida yuz berdi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volkning telegram kanalida xabar berilishicha, yotoqxonada yashovchi fuqaro binonning ikkinchi qavatidagi yo‘lakka benzin sepa boshlagan. Boshqa xostel yashovchilari uni to‘xtatishga harakat qilgan, biroq uddalay olishmagan. Yong’in uyushtirgan fuqaro olov boshlanganidan keyin voqea joyidan yashiringan.

Yotoqxonada yashovchi fuqarolardan biri olovdan qochib, ikkinchi qavat derazasidan sakragan va jarohat olgani xabar berilmoqda. Xostel binosiga jiddiy zarar yetkazilgani aytilmoqda. Yotoqxonaning yo‘lak va xonalardan biri to’liq yonib ketgan.

Voqea bo’yicha qasddan mulkni yo‘q qilish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Hozirda qo‘lga olingan erkak tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya