112 18/03/2024

Tyumen oblasti politsiyasi “Shimol odami” («Северный человек») harakati bilan hamkorlikni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda URA.RU nashri.

“Bir necha yuqori mansabdagi IIV (МВД) boshliqlari “Shimol odami” («Северный человек») harakati vakillaridan hadiksiramoqda. Ular reyd vaqtida o‘zlarini noto‘g‘ri tutib, ziddiyat va boshqa muammolar chiqarishadi, deb hisoblanmoqda”, deyiladi xabarda.

Nashrga ko‘ra hamkorlikning to‘xtatilishi bilan “Shimol odami” («Северный человек») harakati kuratorlari rozi emas. Shuning uchun ular Tyumen oblasti MVDsi boshlig‘i Aleksandr Smirnov bilan uchrashishmoqchi. “Shimol odami” («Северный человек») harakati migrantlarga, musulmonlarga bo‘lgan nafrati bilan tanilgan. Ular o‘z faoliyatini faqat ruslarning manfaatlarini himoya qilish bilan izohlaydi.

Shunga o‘xshash, “Rus jamiyati” (“Русская oбщина”) harakati vakillari va MVDning hamkorligida Yekaterinburgda o‘tkazgan reydda migrantlar o‘rdakka o‘xshab yurishga majburlangan edi. Bunday majburlash xalqaro noroziliklarga olib kelgan edi.

Qolaversa,  bir necha kun oldin Rossiyani bosib olish uchun yo‘lga chiqqanini e’lon qilib, Rossiya kuchishlatar tizimlari tomonidan Belgorod hududida yo‘q qilingan harbiy diversantlar ham “Shimol odami” («Северный человек») ga o‘xshash noqonuniy harakat vakillari edi. Aynan shu diversiya tufayli ham bunday harakatlar bilan hamkorlik to‘xtatilgan bo‘lishi mumkin.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация