Maqola

358 10/11/2024

O’zbekistondan Sheremetyevoga qo‘nishi kerak bo‘lgan Airbus A320 yo‘lovchi samolyoti ukrain dronlari hujumiga duch kelgan, deya xabar berdi “Mash” kanali.

10-noyabr Moskva vaqti bilan soat 9:37 da qo’nishi kerak bo‘lgan yo‘lovchi samolyot oxirgi daqiqada uchta dronga to‘qnashayotganini payqagan va ulardan biri bilan juda yaqin kelgan. Rossiya havo mudofaasi ushbu dronlarni urib tushirgan, shundan keyin samolyot Sheremetyevoga qo’ngan. Biroq boshqa 8 ta bort zaxira aerodromga yo’naltirilgani xabar berilmoqda. Jami 36 ta samolyot boshqa aerodromlarga qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan.

Aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra, favqulodda vaziyatga «Ural Airlines»samolyotlaridan biri duch kelgan. Buxoro-Moskva reysining uchuvchisi dronlar haqida kurs bo’yicha xabar bermagan.

Migrant.uz bilan suhbatlashgan o’zbekistonliklar Jukovskiy aeroportining o‘rniga Vnukovoga qo‘nganliklarini, aeroportida katta tekshiruvlar bo‘layotganini, natijada 5-6 soatdan buyon Rossiyaga kirolmayotganliklarini va odam juda ko‘p, tiqilinch ekanini xabar berishmoqda.

10-noyabr ertalab 32 ta ukrain dronlari Rossiyaning Moskva viloyati havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan. Sheremetyevo, Jukovskiy va Domodedovo aeroportlarida «kovyor» rejasi joriy etildi, deb xabar beradi Baza kanali.

Hozirda Sheremetyevo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida uchish va jo’nash bo’yicha barcha cheklovlar olib tashlangan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya