Maqola

412 20/09/2025

Ukraina ommaviy axborot vositalarida Kiyev viloyatidagi issiqxonalardan birida 13 nafar o‘zbekistonlik og‘ir ahvolda “qul” sifatida ishlatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi vakillari voqea joyiga chiqib, vaziyatni o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, barcha fuqarolarning sog‘-salomatligi ta’minlangan, ular Kiyev viloyatidagi mahalliy shifoxonalardan birida zarur tibbiy ko‘rik va muolajalardan o‘tkazilmoqda.

Elchixona vaziyatni to‘liq nazoratga olgan va fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, ularga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Ukraina Tashqi ishlar vazirligi hamda Bosh prokuror idorasiga tegishli nota yo‘llangan.

Mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan va gumonlanuvchilar ustidan sud jarayoni olib borilmoqda.

Elchixona o‘zbekistonlik fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga yordam ko‘rsatish hamda qonuniy huquqlarini tiklash yo‘lida barcha zarur harakatlarni amalga oshirishni davom ettirmoqda.

Shuningdek, Ukrainada inson hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar kuzatilayotgani sababli, Elchixona o‘zbekistonliklarga shaxsiy xavfsizlikni inobatga olgan holda hozircha mazkur mamlakatga safarlarni rejalashtirmaslikni tavsiya etmoqda.

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya