Maqola

1 052 30/10/2025

23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Akbar Qurbonov Ukrainadan yuborgan videomurojaatida u urushga aldab yuborilganini aytadi. Yigitning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya tomonida jang qilish uchun shartnoma imzolashga majbur bo‘lgan. Uning O‘zbekistondagi onasi o‘g‘lini vataniga qaytarishga urinmoqda.

Akbar Qurbonov asli Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidan. 2024-yil iyun oyida u pul topish uchun Rossiyaga ketgan va Naberejne Chelnidagi KAMAZ zavodida ish topgan. Bir yil o‘tgach, uning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar qo‘ng‘iroq qilib, unga Rostov-Donda haydovchi bo‘lib ishlashni taklif qilishgan.

Biroq, ish topish o‘rniga, uni «voyenkomat»ga olib borishgan. U yerda Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, uni kaltaklashgan va armiyada xizmat qilish uchun shartnoma imzolashga majburlashgan. Aslida, hujjat Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etish haqida shartnoma bo‘lib ekan.

«Ular qochishga uringanlarni otib tashlashadi. Biz ularga urushga borishni istamasligimizni aytganimizda, ular bizni buning uchun kaltaklashdi», deydi Akbar Qurbonov o’zining videomurojaatida. «Men kimni va qayerda xo’rlaganliklarini aytaman, hamma narsani aytib beraman. Men ular o’zbeklarning jasadlarini qayerga ko’mganliklarini bilaman. Ularning bechora ota-onalari farzandlarining uyga qaytishini kutmoqda. Hamma narsani bilib turib, jim turishim noto’g’ri bo’lardi. Iltimos, yordam bering! Men kabi azob chekayotganlar ko’p. Ko’plab o’zbeklar men bilan birga; bir nechasi allaqachon dafn etildi», deydi Akbar o’z murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda Donetsk viloyatidagi 41624-sonli harbiy poligonda.

Migrantning onasi Ro‘zigul Boboyeva rasmiylardan yordam so‘rab Toshkentga kelgan.

«Menga hujjatlar kerak emas – menga bolam kerak! Uni uyga olib keling!» deb yolvoradi u videomurojaatda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga o‘g‘lini yaxshi ish va’dalari bilan aldagan odamlar haqida ma’lumotlarni yetkazgan. Biroq, rasmiylardan hali hech qanday yordam bo‘lmagan.

Akbarning hikoyasi noyob hodisa emas. Urush boshlanganidan keyin Rossiya frontda kadrlar yetishmovchiligiga duch keldi va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrantlarni faol ravishda urushga jalb qila boshladi. Ba’zilari fuqarolik va katta pul va’dalari bilan ko‘ndirilgan, boshqalari esa qo‘rqitilgan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qamoqxonalarda yollangan.

Ukrainaning «Men yashashni xohlayman» loyihasi 2000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnomalar imzolagani va ulardan kamida 109 nafari halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan xorijiy harbiy asirlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.

 

«Amina» dasturi, registratsiya, reyestr, patent, «zapret» va «vidvoreniye» haqida suhbat

Navigatsiya