Tojikiston fuqarosi Leningrad viloyatida 32 yoshli qizni o’ldirishda gumon qilinib, vatanida hibsga olindi. Mahalliy militsiya erkakni hibsga olganidan keyin u video aloqa orqali Peterburg politsiyasiga sevgilisini o’g’irlab ketib, o’ldirganiga iqror bo‘ldi va jasadini qayerga yashirganini aytib berdi.
Avvalroq alkogol do’konining xodimasi bo‘lgan 32 yoshli tojikistonlik ayol yo‘qolib qolgani haqida politsiyaga xabar kelgan. Politsiyaga ayolning akasi murojaat qilgan. Politsiya o’ldirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo’zg’atib, ikki haftadan ortiq vaqt davomida ayolni izlashdi.
Ayolning akasi poltsiyaga noma’lum 40 yoshli erkak paydo bo‘lganini, fevral oyining oxirida esa ushbu oshiq soxta ism bilan o’zini tanishtirib, ayolni mashinada sayr qilishga taklif qilgani va noma’lum yo’nalishda olib ketgan bildirgan. Ayolning akasi oshiq ham asli Tojikiston fuqarosi ekanini aniqlagan. Shundan keyin politsiyaga murojaat qilgan, biroq politsiya ma’lumotni ishlab chiqquncha erkak allaqachon mamlakatni tark etib, Tojikistonga ketib bo’lgan edi.
Shuning uchun Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari Tojikistondagi hamkasblariga murojaat qilgan. Tojikistonlik militsiyachilar o’z navbatida, bu holat haqida ma’lumot olgach, darhol gumonlanuvchini uyidan hibsga olishdi. Shunday qilib, gumonlanuvchi rossiyalik tergovchilar bilan onlayn tarzda so’roq-savol qilingan va ayolni o’ldirganiga iqror bo‘lgan. Xabar berilishicha, iqrorlikdan tashqari, gumonlanuvchi fojia tafsilotlarni to‘liq ochib bergan.
Gumonlanuvchining ko’rsatmasi bo’yicha, ayolning jasadi topilgan. Tergov qo’mitasi xabar berishicha, ko’plab jarohatlarga ega jasad Gatchinskiy tumani, Romanovka qishlog’i yaqinida topilgan. Tergov versiyasiga ko’ra, erkak ayolga o’z mashinasining salonida montirovka bilan ko’plab jarohatlar yetkazgan. Hatto qizning iyagida teshik aniqlangan.
Ma’lum bo’lishicha, gumonlanuvchi muhojir Sankt-Peterburgda 10 yildan ortiq yashagan. Avval ham og’ir modda bo’yicha sudlangan va Rossiyadan deportatsiya qilingan. Biroq keyinchalik, ismini o’zgartirib, yana Rossiya Federatsiyasiga kelishga muvaffaq bo’lgan.
Yuz bergan voqea bo’yicha 40 yoshli Tojikiston fuqarosini Rossiyaga ekstraditsiya qilish masalasi ko’rib chiqilmoqda, deb xabar beradi “АиФ Санкт-Петербург” nashri.