Maqola

145 18/09/2024

Rostov viloyatida sud Ukrainaga qarshi Rossiya tomonida jang qilgan moldovalik Gennadiy Fedkoni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi.

Qaror 13-sentabr kuni Fedkoning Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 20.25-moddasi 3-qismini buzganligi (chet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborish tarzidagi ma’muriy jazoni ijro etishdan bo’yin tovlashi) bo’yicha qabul qilingan.

“Skif” ko’ngillilar guruhi 1-rotasida xizmat qilgan Fedko 12-sentabr kuni «LNR» va Rostov viloyati o’rtasidagi nazorat-o’tkazish punktidan shartnomani qayta tuzish uchun o‘tayotganida chegarachilar tomonidan qo’lga olingan.

Moldova qonunchiligiga ko’ra, yollanma askarlik uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

2022-yil kuzida Moldova prezidenti Mayya Sandu Ukrainada Rossiya armiyasi tarafida jang qilayotgan Rossiya pasportiga ega bo‘lgan mamlakat aholisini Moldova fuqaroligidan mahrum qilish, shuningdek, Moldova fuqarolariga nisbatan jazoni kuchaytirish rejalari haqida gapirgan edi.

Sandu Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya tomoni bilan Rossiyada yashovchi Moldova fuqarolarini urushga safarbar qilishni istisno qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni topshirdi.

Huquq himoyachilari Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan chet el fuqarolarini Rossiya targ’ibotining qurboni bo’lmaslikka va urushga bormaslikka bir necha bor chaqirishgan, chunki aksariyat mamlakatlarda yollanma askarlik jinoyat hisoblanadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya