65 01/07/2024

Rossiyalik deputat Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamagan muhojirlarni deport qilishni taklif qilmoqda.

“Госдума”ning mudofaa qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, deputat Aleksey Juravlyov Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamagan muhojirlarni deport qilishni, ularning mamlakatda qolish asoslarini bekor qilishni taklif qilmoqda.

“Госдума”da ayni kunlarda muhojirlarni Rossiyadan majburiy chiqarib yuborish bo‘yicha qonun ikkinchi o‘qishda muhokama qilinmoqda. Parlamentariy o‘z taklifini shu muhokama doirasida bildirgan.

Deputat Juravlyovga ko‘ra, yangi qonunda muhojirlarni Rossiyaning an’anaviy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarini hurmat qilmagani, vatan himoyasi va fashizm ustidan g‘alabada rus xalqining qahramonliklari haqidagi tarixiy haqiqatni noto‘g‘ri talqin qilgani uchun deport qilish kerak.

Aleksey Juravlyov migratsiya oqimida kirib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday g‘oyaviy ziddiyatlarni oldini olish uchun choralarni oldindan ko‘rish kerakligini alohida ta’kidlagan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация