78 20/04/2024
Rossiyada 7-yanvardan buyon patent olib ishlayotgan har bir migrant patent olgan kunidan boshlab 60 kun ichida qayerda ishlayotganini ko‘rsatib, uvedomleniye topshirib qo‘yishi kerak. Uvedomleniye topshirmagan migrantlarning patentlari bekor qilinadi. 

Sankt-Peterburg, Moskva va boshqa hududlarda uvedomleniye topshirmagan migrantlarning patenti bekor qilinayotgani haqida Ichki ishlar bo‘limlari xabar berib kelmoqda. Shuning uchun uvedomleniye topshirish bo‘yicha 5 ta foydali maslahatni aytib o‘tmoqchimiz.

 

1️⃣. Uvedomleniye topshirish uchun berilgan 60 kun patentni qo‘lga olgan kuningizdan hisoblanadi. Masalan, patentingiz orqasida berilgan sana 10-fevral turgan bo‘lsa, ammo patentni siz 15-martda olgan bo‘lsangiz, uvedomleniye topshirish uchun belgilangan 60 kun 15-martdan sanaladi. Demak, patentni qo‘liga 15-martda olganlar uvedomleniyeni 14-maygacha topshirishlari kerak bo‘ladi.

2️⃣. Uvedomleniyeni Pochta Rossii orqali yuborishda “zakaznoye pismo” xizmatidan foydalaning. Shunda Pochta xodimlari uvedomleniyengizni rad etmay, qabul qilishadi. Chunki Pochtada chet el fuqarosi topshirishi kerak bo‘lgan uvedomleniyening blanki yo‘q. Pochtadagi mavjud blanklar Ish beruvchi chet el fuqarosini ishga olgani haqidagi uvedomleniye blanki bo‘lib, uning migrantga aloqasi yo‘q.

Shuning uchun Pochta xodimlari uvedomleniyeni qabul qilmaslik holatlari kuzatilmoqda. Migrantlar o‘z nomidan topshirishi kerak bo‘lgan “uvedomleniye”ni Pochtaga tayyor olib borib, xat singari “zakaznoye pismo s opisyu” shaklida MVD bo‘limiga yuborishi kerak.

3️⃣. Uvedomleniyeni og‘zaki shartnoma tuzilgani haqida ko‘rsatib topshirganda “otkaz” kelish ehtimoli katta. Shuning uchun qonunda og‘zaki shartnoma bilan uvedomleniye topshirish mumkin bo‘lishiga qaramay, “xizmat shartnomasi – GPX dogovor” bilan uvedomleniye topshirishni tavsiya qilamiz. Xizmat shartnomasi buyurtmachini soliq to‘lashga majburlamaydi. Shartnoma tuzish uchun buyurtmachining pasport ma’lumotlari, INN raqami va telefon raqami kerak, xolos.

4️⃣. Uvedomleni topshirganingizda otkaz kelsa, qaytadan topshiring. Qaytadan topshirish soni cheklanmagan. Shuning uchun 5 yoki 10 marta “otkaz” kelsa ham, otkaz bo‘lishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf qilib, masalan, shartnoma ko‘rinishini yangilab, qaytadan topshiravering. Qabul bo‘lmaguncha qaytadan topshiraversangiz bo‘ladi.

5️⃣. Uvedomleniye topshirayotganda mehnat shartnomasining yoki xizmat shartnomasining asl nusxasi emas, nusxasi topshiriladi. Uvedomleniyening o‘zini esa asli topshiriladi. Uvedomleniye ostiga sana yozib, imzo qo‘yishni unutmang.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация