Maqola

234 07/03/2025

Vologda viloyatida 2025-yil 27-fevralda muhojirlarga qurilish sohasida ishlash taqiqlangan edi. Biroq natijada qurilish sohasining to‘xtab qolgani tufayli ushbu taqiq 5-mart kuni bekor qilindi. Bu ma’lumot gubernator Georgiy Filimonovning viloyat rasmiy huquqiy axborot saytida joylashtirilgan qaror loyihasi orqali ma’lum bo’ldi.

Ushbu cheklovni bekor qilish sabablari qatorida mahalliy mutaxassislar qurilish sohasidagi bo’sh ish o’rinlarini to’liq to’ldira olmayotgani ko‘rsatilgan. Loyihaga ilova qilingan izoh xatida Vologdada bu sohada ishlashni xohlovchi fuqarolar yetarli emasligi aytilgan.

Hokimiyatning yangi farmoyishiga ko’ra, zarur hujjatlarni olgan migrantlar endi Vologda viloyatidagi qurilish obyektlarida yana ishlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu qaror ishchi kuchi yetishmasligi va bir qator infratuzilma loyihalarini yakunlash zarurati tufayli qabul qilingan.

Ish beruvchilarga chet ellik ishchilar uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibiga e’tibor qaratish tavsiya etilgan va bu jarayon endi yanada osonlashishi ta’kidlangan. Hokimiyat qurilish samaradorligini oshirish va yangi loyihalarni amalga oshirishda kechikishlarning oldini olish uchun migrantlarni ishga olish shartlarini hattoki soddalashtirgan.

Bundan tashqari, migratsiya bo’limlari xodimlari barcha huquqiy normalarga rioya qilinishini ta’minlash va ma’muriy huquqbuzarliklar xavfini kamaytirish uchun qurilish sohasi vakillari va migrantlar uchun qo’shimcha tushuntirish tadbirlarini o’tkazishi belgilangan.

«Наш.Дом.РФ» yagona axborot tizimi ma’lumotlariga ko’ra, Vologda viloyatida uy-joy qurilishi hajmi 601 ming kvadrat metrni tashkil etadi, bu o’tgan yilga nisbatan 2% kam.

Chet elliklarni ishga olishga qo’yilgan taqiqning bekor qilinishi qurilish sur’atlarini tezlashtirish va bajariladigan ishlar sifatini oshirishga imkon beradi deb kutilmoqda. Hokimiyat bu qadam bilan mintaqada uy-joy va infratuzilmaga o’sib borayotgan talabni qondira oladigan ishchi kuchini jalb qilishni umid qilmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya