Leningrad oblasti Kirov tumanida o‘zbekistonlik muhojir ma’muriy huquqbuzarligiga ko‘z yumishi uchun politsiyachiga 35 ming rubl miqdorida pora bermoqchi bo‘lgan.
Kirov tumani ma’muriyati matbuot xizmati muhojirga nisbatan pora bergani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Jinoyat uchun O‘zbekiston fuqarosi ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Migrant qo‘lga olinib, vaqtinchalik hibsxonada saqlanmoqda.
Muhojirlarga har qanday holatda ham qonundan chetlanmaslikka va pora bilan ish bitirishga urinmasliklarini tavsiya qilamiz.