178 13/06/2024

Krasnogorsk aholisi xostelda yashayotgan migrantlar ustidan shikoyat qilmoqda. 11-iyun kuni u yerda migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi, bu haqida “Осторожно, Новости” telegram kanali xabar bermoqda.

Krasnogorsk ma’muriyatining xabar berishicha, ommaviy janjalning 30 nafar ishtirokchisi qo‘lga olingan va politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Ularga nisbatan o‘lim bilan tahdid qilish va salomatlikka og‘ir zarar yetkazish moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochish masalasi o‘rganilmoqda. Shuningdek, janjaldan keyin xostel yopilgan va u yerda hozir hech kim yashagani yo‘q.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, xostel bir oy avval Pionerskaya 19A manzili bo‘yicha sobiq kollejning yaroqsiz binosida ochilgan. Kollej yonida avtoservis va “moyka” bor. Xostel tashkil qilinganidan buyon uning yonidagi ko‘pqavatli uylar aholisi tinimsiz shikoyat qilib keladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra xostel yashovchilari o‘smirlarni ta’qib qilishadi, bolalar maydonchasida ommaviy janjallar uyushtirishar emish.

“Biz kechalari ko‘chaga chiqishga qo‘rqib qolganmiz. Qo‘shnimizning qiziga xostel yashovchilaridan biri mashinada birga aylanishni taklif qilgan. Har kuni ertalab ularni bir katta avtobusda olib ketib, keyin yana kechqurun qaytarib olib kelishadi. Bugun ommaviy mushtlashuv ham bo‘ldi. Migrantlar pichoq ko‘tarib, baqir-chaqir qilib bolalar maydonida yugurib yurishdi. Politsiya va “tez yordam” keldi”, deydi mahalliy aholidan bo‘lgan bir ayol.

28-may kuni Tergov qo‘mitasi xostelni “Noqonuniy migratsiyani tashki etish” ishi bo‘yicha tekshira boshladi.

Biroq mahalliy aholi, xususan yosh yigitlar, hatto bolalalrning muhojirlarni masxara qilishi, ularni urib ketishi juda ko‘p uchraydigan hol. “Qars ikki qo‘ldan chiqadi” deyilganidek, kelishmovchiliklarda mahalliy aholining ham “hissa”si katta.

29-may kuni Krasnogorsk ma’muriyati tekshiruv tashabbusi bilan chiqib, ayni vaqtda xostelni davlat idoralari tekshirmoqda. Tekshiruv u yerda xorijliklarning yashashi qanchalik qonuniy bo‘lgani masalasida olib borilmoqda.

Voqea aslida qanday bo‘lgan edi? Mahalliy aholining migrantlarga nisbatan adovati, yolg‘on da’volar qilishi ko‘p uchraydigan holat. Biz Krasnogorsk shahrida yashab ishlayotgan hamyurtlarimizdan voqeaga oydinlik kirirtishda ko‘mak so‘raymiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya