Maqola

945 02/11/2024

2025-yil 25-yanvardan boshlab, «РВП» olish uchun Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan nikohdan ro’yxatdan o’tishning o’zi kifoya qilmaydi. Bu haqda GUVN IIV o’zining rasmiy Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Qonundagi so’nggi o’zgarishlarga ko’ra, “РВП” olish uchun «ЗАГС»dan o’tilganiga uch yil to’lgan bo’lishi kerak yoki nikohda tug’ilgan umumiy farzand bo’lishi zarur.

«РВП» olmay birdan «ВНЖ», ya’ni doimiy yashash ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun chet el fuqarosining rasmiy nikohi, qolaversa Rossiya fuqarosi bo’lgan va doimiy ravishda Rossiyada yashaydigan farzandi bo’lishi zarur. Agar chet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan rasmiy nikohi yo’q bo’lsa, unda sud orqali uch yildan kam bo’lmagan muddat davomida oila bo’lib yashayotganliklari tasdiqlanishi kerak. Sud orqali tasdiqlansagina «ВНЖ» berilishi uchun asos bo’ladi, deyiladi Rossiya IIVning ma’lumotida.

Bu esa agar ota-onalar o’rtasida nikoh ro’yxatga olinmagan bo’lsa, «ВНЖ» olish uchun ularning birga kamida uch yil yashab kelayotganini sud tasdiqlab berishi kerak. Agar rasmiy nikoh bekor qilingan bo’lsa, nikohning bekor qilinganligi, ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki otalikka oid yozuvni bekor qilish holatida avval berilgan «РВП» va «ВНЖ» bekor qilinadi va chet el fuqarosi Rossiya Federatsiyasi hududini tark etishi zarur.

Rossiya IIV o’zining tushuntirishida “РВП” va «ВНЖ» olish uchun asoslar ro’yxati faqat Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan nikohdan o’tish bilan cheklanmasligini, shuningdek, Rossiya ko’chib o’tayotgan vatandoshlar holati salbiy tomonga o’zgarmagini eslatgan.

O’zgarish yuz bermagan toifalar, ayniqsa, Belarus, Moldova, Qozog’iston va Ukraina fuqarolari, shuningdek, vatandoshlarni Rossiyaga ko’chib kelishi davlat dasturi ishtirokchilari, jumladan, repatriantlardir, deb xabar bermoqda vazirlik.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya