178 02/04/2024

“Spetspriyomnik”ka tushgan migrantlarga deportni bekor qilish uchun Rossiyada harbiy shartnoma imzolash taklif etilmoqda.

Rossiyaning Rostov viloyatida sud orqali “vidvoreniye” tayinlangan migrant spetspriyomnikka joylangan. U yerda muhojirga besh yillik deportini bekor qilish uchun Rossiyada harbiy shartnoma imzolash taklif etilgan.

Mazkur taklif rasmiy ravishda “Уведомление о возможности заключения контракта на прохождение военной службы в Вооруженных силах Российской Федерации” deb nomlangan (Migrant.uz portalida uning nusxasi mavjud).

Migrantga taklif qilingan hujjatda Rossiyadan majburiy chiqarib yuborish (vidvoreniye) jazosi RF Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksiga asosan bekor qilinishi mumkinligi bildirilgan. Hujjat ostida migrantdan bu taklifga rozi yoki rozi emasligi so‘ralib, imzo qo‘yish uchun joy qoldirilgan. Bizdagi hujjat nusxasida muhojir politsiya tomonidan berilgan bu taklifni rad etgani uchun “ne jelayu” deb imzo qo‘ygan.

Ushbu holatni inobatga olib, Rossiyadan deport bo‘layotgan barcha muhojirlarga xorijda, xususan Rossiyada harbiy xizmatga yollanish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

Bunday takliflarni qabul qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari JKning 154-moddasiga ko‘ra yollanma askarlik uchun 7-yildan 12-yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Tojikiston Respublikasi fuqarolari yollanma askarlik uchun 12-yildan 20-yilgacha (JKning 401.1 moddasi) qamoq jazosiga tortiladi. Qirg‘iziston fuqarolari Qirg‘iziston (JKning 416 moddasi) 7-yildan 15-yilgacha qamoq jazosiga tortiladi. Qozog‘iston fuqarolari esa (JKning 162.1 moddasiga ko‘ra) 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация