Maqola

1 364 28/11/2025

Vladimir viloyatida 54 yoshli o‘zbek migrantining bedarak yo‘qolishi dahshatli jinoyat bilan yakunlandi. Rossiyada ko‘p yillar yashagan va Pokrovskiy zavodida ishlagan erkak 16-noyabr kuni tanishinikiga — Staroye Perepechino qishlog‘iga borgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, giyohvandlikka ruju qo‘ygan rossiyalik ayol bilan spirtli ichimlik ichgandan keyin janjal chiqqan. Mojaro pul sabab boshlangan: ayol qarz so‘ragan, erkak esa rad etgan. Shunda ayol uni arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldagan. Jasadni hovlisidagi olma daraxti tagiga ko‘mib qo‘ygan.

Ayol qotillikdan keyin marhumning telefoni va bank kartasini ham o‘g‘irlab olgan. Uning uyidan ashyoviy dalillar topildi. Ma’lum bo‘lishicha, u avval ham “giyohvandlik” bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan ekan.

Marhumning qarindoshlari esa ayol erkakka katta miqdorda pul qarzdor bo‘lgani va migrant pullarini qaytarib olishga kelganini aytishmoqda.

Tergovchilar uni hibsga olishni so‘rab sudga murojaat qilmoqchi.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya