
Vladimir viloyati ikkita sohada mehnat migrantlariga qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi. Chet elliklarga bolalar ovqatlari va parhez mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlash, shuningdek, xavfli materiallarni tashish taqiqlangan.
Tegishli farmon viloyat gubernatori tomonidan imzolandi. Rasmiylar bu yangi cheklovlarni joriy qilmasligini, balki o‘tgan yildan beri amalda bo‘lgan taqiqlarni kengaytirishini ta’kidlagan. Shunga o‘xshash hujjat 2025-yil yozida qabul qilingan edi.
Vladimir mas’ullari viloyati bu cheklovlar boshqa mintaqalarga nisbatan minimal deb hisoblanishini aytadi. Rossiyaning ba’zi mintaqalarida migrantlarga qo‘yilgan cheklovlar ancha qattiqroq.
Masalan, Magadan, Chelyabinsk, Kaluga va Tyumen viloyatlarida chet elliklarga avtobus, mikroavtobus va taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlangan. Boshqa bir qator mintaqalarda migrantlarga kafe, restoran, alkogol va tamaki do‘konlarida, mehmonxonalarda va ta’lim muassasalarida ishlash mani etilgan. Avvalroq Vladimir viloyati gubernatori mintaqadagi migrantlar ahvolini muammoli deb hisoblamasligini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, turli sohalarda ishlaydigan chet elliklarga keng tarqalgan taqiqlar ko‘pincha ba’zi mintaqaviy hokimiyatlar tomonidan «populistik choralar»ga aylanadi.
Ayni paytda, Rossiyada migratsiya qoidalarini kuchaytirish tendensiyasi davom etmoqda. Ko‘pgina mintaqalarda rasmiylar chet elliklar uchun taqiqlangan yoki cheklovlar qo‘llaniladigan kasblar va sohalar ro‘yxatini asta-sekin kengaytirmoqda.