
1989-yilda tugʻilgan chet el fuqarosi politsiya xodimiga pora berishga uringani uchun Vladimir viloyatida sud oldida javob beradi.
Voqea politsiyachilar Pokrov shahar okrugiga tegishli boʻlgan Gorodishi qoʻrgʻonidagi qurilish bazasida tekshiruv oʻtkazganida sodir boʻlgan. Naberejnaya koʻchasida politsiya xodimlari toʻsiq oʻrnatayotgan ishchini payqab qolishdi. Erkak oʻz hujjatlarini koʻrsata olmadi. Ma’lum boʻlishicha, u Rossiyada noqonuniy ravishda boʻlib turgan va uning «registratsiya»si boʻlmagan.
Ma’muriy bayonnoma tuzish uchun chet ellik Pokrov shahridagi №9 politsiya boʻlimiga olib kelingan. Xizmat xonasida migrant ishchi politsiyachi bilan «kelishib olish»ni taklif qilib, unga pul bermoqchi boʻlgan. Politsiyachilar uning bu harakati noqonuniy ekanligi haqida ogohlantirishlariga qaramay, muhojir politsiya katta tezkor vakilining ish stoliga 15 ming rubl miqdoridagi porani qoʻygan.
Natijada chet ellik ushlanib, hibsga olindi. Vladimir viloyati Tergov qoʻmitasi vakillari tergovni yakunlab boʻlib, jinoyat ishini sudga topshirdi.