Maqola

196 15/06/2024

O‘zbekistonlik ikki opa-singil Vladivostokda noqonuniy migratsiya kanali tashkil qilgani uchun qo‘lga olindi. Ular migrantlarni qalbaki hujjatlar yordamida ro‘yxatga olish va pulevaziga rus ayollari bilan soxta nikoh tuzish bilan shug‘ullangan. 

Ularning kvartirasida tintuv o‘tkazish chog‘ida qalbaki hujjatlar blankalari, shtamplar, 3,5 million rubldan ortiq pul va yarim kilogramm zargarlik buyumlari topilgan.

Opa-singillar bir yil davomida jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishgan.

Hujjatlarni tayyorlashdan tashqari, 30 dan 70 ming rublgacha bo‘lgan haq evaziga xorijliklarga rasman turmush qurishga tayyor bo‘lgan Rossiya pasportiga ega ayollarni topgan. Ayni paytda rossiyalik ayollarning xorijliklar bilan soxta nikohlanishining uchta holati tasdiqlangan.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi (firibgarlik) va 322.1 2-qismi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) “a” bandi bo’yicha jinoiy ishlar qo’zg’atilgan. Gumonlanuvchilar 7 yilgacha qamoq va jarimaga tortilishi mumkin. Hozirda tergov davom etmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya