Maqola

315 23/08/2024

Volgograd viloyatining Surovikino tumanidagi IK-19 qamoqxonasida mahbuslar xodimlarga hujum uyushtirdi. Hujum natijasida kamida uch nafar qamoqxona xodimi o’ldirilgani xabar berilmoqda. Kamida yetti kishi og’ir tan jarohatini olgan. Jarohatlanganlar reanimatsiyada. Mahbuslar yana bir necha kishini garovga olgani ma’lum.

“Mash” telegram kanalining xabar berishicha, mahbuslar intizom komissiyasida bosh ko’targan. Hujumchi mahbuslardan biri “Terrorizm” moddasi bo’yicha jazo o’tayotgan bo’lgan.

Jazoni ijro etish koloniyasida favqulodda vaziyat e’lon qilindi.

Volgograd qamoqxonasida isyon ko‘targan jinoyatchilarning shaxsi aniqlandi.
Ular:

Temur Xusinov, o‘zbekistonlik, sog‘likka qasddan og‘ir shikast yetkazganligi uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan;

Ramziddin Toshev, o‘zbekistonlik, giyohvand moddalarni sotish moddasi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan;

Rustamchon Navro’ziy, tojikistonlik, giyohvand moddalarni sotish moddasi bo’yicha 7 yilga qamalgan;

Nazirchon Toshov, tojikistonlik, 2023-yil 19-aprelda 8,5 yilga qamalgan (giyohvand moddalarni sotishga urinish)

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya