Maqola

104 10/04/2025

9-aprel kuni Volgogradda huquq-tartibot idoralari tomonidan migratsiya qonunchiligi va qonunning boshqa sohalari buzilishi holatlarini aniqlashga qaratilgan yirik reyd o‘tkazildi. Tadbir Dzerjinskiy tumanida, Aviatorov shossesidagi Ashan gipermarketi yaqinida boshlandi.

Operatsiyada politsiya, FSB, sud ijrochilari, harbiy komissarlik va harbiy tergov boshqarmasi vakillari ishtirok etdi. Xavfsizlik kamuflyaj kiygan qurolli askarlar tomonidan ta’minlandi. Asosiy e’tibor slavyan bo‘lmagan ko‘rinishdagi haydovchilarga qaratildi. Muammolar, masalan, qarzlar yoki harbiy ro‘yxatga olish bilan bog‘liq bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘rildi: bir haydovchining avtomobili qarzlari uchun olib qo‘yildi, boshqasiga harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi berildi.

Shundan so‘ng xavfsizlik kuchlari Jigulevskaya ko‘chasidagi Volgograd ulgurji oziq-ovqat bozorini bosdi. Maxsus kuchlar nazorati ostida bozorga kirish joylarining barchasi nazoratga olindi. Binolarda turli idoralar xodimlari ish olib borishdi. Ayrimlar qarzini joyida to‘lashni ma’qul ko‘rgan bo‘lsa, kimlarningdir mashinasi maxsus avtoturargohga jo‘natilgan.

Yo‘l harakati politsiyasi xodimlari qoraytirilgan oynalar uchun, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik holatlarini tekshirgan. Tekshirilganlar tajovuzkorlik ko‘rsatmagan va hech qanday nizo kelib chiqmagan.

Migrantlar ko‘k rangli Ford Transit yonida navbat kutib pasportlari, “registratsiya”si, harbiy ro‘yxatidan o‘tganligi, shuningdek, qidiruvda bo‘lganlar ro‘yxati bilan ham tekshirildi. Jiddiy migratsiya qoidabuzarliklari aniqlanmagan, biroq bir necha kishi harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi oldi.

Tushgacha reyd yakunlandi. Huquq-tartibot idoralari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, qoidabuzarlar soni avvalgi holatlarga nisbatan kamroq bo‘lgan. Qayd etilishicha, noqonuniy muhojirlarni aniqlash bo‘yicha bunday tadbirlar Volgogradda muntazam o‘tkazib turiladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya