Maqola

230 26/08/2024

Avvalroq, OAV Volgograd viloyatidagi IK-19 koloniyasi xodimlariga hujum uyushtirganlar orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi haqida xabar bergan edi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, hujumchilar orasida faqat bitta mahkum – Sayfiyev Shohijahon G‘aybullo o‘g‘li O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Oldinroq nomlari keltirilgan mahkumlar – Ramzidin Toshev va Temur Husinov Volgograd viloyati IK-19 koloniyasidagi to‘polonlarda ishtirok etmagan. Dastlab, Toshev va Husinov qidiruv varaqalariga adashib kiritilgani xabar berildi. Bu haqda ikki kun o‘tgach, hujumchilarning shaxsini ularni yo‘q qilingandan so‘ng aniqlash mumkin bo‘lgani bilan izohlab, ma’lum qilindi.

Rustamjon Navruziy va Nazirjon Toshovdan tashqari, hujumda ishtirok etganlar – Shobodulkarimxon Karimov (Tojikiston fuqarosi) va Shohijahon Sayfiyev (O‘zbekiston fuqarosi) edi, deyilmoqda.

Shohijahon Sayfiyev 2022-yilda O‘zbekistonning boshqa ikki fuqarosi bilan birga yirik miqdorda giyohvand moddalarni tarqatishga urinish uchun qamoqqa olingani aniqlandi. Sudning hukmi Migrant.uz tahririyatida mavjud.

Temur Husinovning onasi jurnalistlarga bergan intervyusida, uning farzandi hujumchilar orasida yo‘qligini, hozirda o‘g‘lining qayerda va qanday holatda ekanligini bilmasligini aytgan.

Ushbu hodisa ma’lumotlar bilan to‘g‘ri ishlash naqadar muhimligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, bu ma’lumotlar bevosita insonlar va ularning hayotiga tegishli bo‘lsa, ehtiyot bo‘lish kerak. Endi avvalgi ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lganini ko‘pchilik bilmaydi ham. Asosiy ommaviy axborot iste’molchilarining xotirasida ushbu voqealarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ikki o‘zbekistonlik ismi qoladi.

Rus OAVlarining dezinformatsiya tarqatishi O‘zbekiston va o‘zbek xalqi imidjining yomonlashuvi kabi tashqi oqibatlarga olib kelishidan tashqari, endi muayyan ikki odamni bir umr o‘zlari qilmagan narsalar uchun o‘zlarini oqlash majburiyatidek salbiy oqibatlarga olib keldi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya