294 11/10/2024

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputatlari migratsiyani taqiqlash emas, tartibga solish niyatida ekanini Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qilgan.

“Biz maqsadimiz migratsiyani taqiqlash emas, uning qonun doirasida bo‘lishini ta’minlash uchun hamma narsani qilish”, deydi Volodin “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ish beruvchilar ularga ishlash uchun kelgan migrantlar uchun javobgarlikni ta’minlashi muhim.
Volodin muhojirlarning vaqtincha yashashi uchun sharoit yaratish zarurligini ta’kidlab, “ishlash va vataniga qaytish” tushunchasini taklif qildi. Shuningdek, u mehnat migratsiyasi va Rossiyaga ko‘chib o‘tishni farqlash vazifasiga ishora qilib, xorij fuqarolarining yashash uchun ruxsatnomalarni soddalashtirilgan holda, ba’zan noqonuniy sxemalar orqali olish muammosini qayd etdi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi (СK) raisi Aleksandr Bastrikin 2024-yilning birinchi yarmida Rossiyada chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan ekstremistik jinoyatlar soni 55 foizga oshganini iddao qilgan. Tergov qo‘mitasi rahbari qonun buzilishi holatlariga zudlik bilan prosessual choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlagan.

Iyul oyida Rossiya Ichki ishlar vazirligi 120 ming xorijlik fuqaroning mamlakatga kirishini yopib qo‘yganini va 65 ming qoidabuzarning chiqarib yuborilishini e’lon qilgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya