Maqola

374 05/03/2025

Vologda viloyatida muhojirlarni qurilish sohasida ishga jalb qilish taqiqlandi. Bu haqda Rossiya huquqiy hujjatlarining rasmiy e’lon qilish saytidagi qarorda ma’lum qilingan.

«Интерфакс»ning yozishicha, hujjatga ko‘ra, viloyat gubernatorining 2025-yil 17-fevraldagi 52-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritilgan. Unga muvofiq, 2025-yil davomida iqtisodiy faoliyatning ayrim sohalarida patent asosida mehnat qilayotgan xorijiy fuqarolarni ishga jalb qilish taqiqlanadi.

Shu tariqa, muhojirlar turg‘un va noturar-joy binolari qurish, muhandislik inshootlarini barpo etish, sanoat uskunalari va mashinalarini o‘rnatish, binolarni buzish va demontaj qilish, qurilish maydonlarini tayyorlash, elektromontaj, tom yopish va boshqa qurilish ishlarini bajarish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Avvalroq, Vologda gubernatori Georgiy Filimonov viloyatda xorijlik ishchilar mehnat faoliyati yuritishi taqiqlangan sohalar ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Unga ta’lim, yo‘lovchi tashish, shaxsiy xizmatlar ko‘rsatish, ishga joylashtirish va personal tanlash, chakana savdo va boshqa yo‘nalishlar ham kirgan.

Shuningdek, mahalliy hokimiyatlar «Северсталь» kompaniyasining Cherepoves metallurgiya kombinatiga 6 ming muhojirni ishga olish rejalaridan xavotir bildirgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya