Maqola

489 25/09/2025

O‘tgan hafta Komi Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari Rossiya migratsiya qoidalarini buzgan xorijliklarni topib, ularga 15 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Vorkuta va Uxtada Misr va O‘zbekiston fuqarolari Komida noqonuniy ravishda bo‘lganligi aniqlandi.

Ularga nisbatan Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.8-moddasi bo‘yicha bayonnomalar tuzildi. Qoidabuzarlar jarimaga tortildi va Rossiyadan chiqarib yuborishga qaror qilindi.

Qaror ijro etilgunga qadar muhojirlar Rossiya Ichki ishlar departamentining Uxta shahridagi xorijlik fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya