Maqola

244 05/01/2026

Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev ayrim sohalarda migrantlarga qo‘yilgan taqiqni 2026-yilda ham davom ettirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Chet elliklarga suv yig‘ish, tozalash va tarqatish idoralarida, shuningdek, oqova suvlarni yo‘q qilish va qayta ishlash korxonalaridagi faoliyati taqiqlanadi.

Cheklovlar chakana savdoga ham tegishli, faqat avtomobillar va motosikllar savdosi bundan mustasno. Biroq, migrantlarga yuk tashuvchi, farrosh, «dvornik», usta va umumiy ishchi sifatida ishlashga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, chet elliklarga yer usti yo‘lovchi tashish, telekommunikatsiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va yetkazib berish xizmatlarida ishlash man etiladi.

Bundan tash++qari, migrantlarga qariyalar va nogironlar bilan birga yashashni talab qilsa, ularga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lmaydi. Chet elliklarga uy-joysiz ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ham taqiqlanadi.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya