71 23/04/2024

Voronejda yashovchi 19 yoshli fuqaro kun davomida bir necha qoidabuzarliklari bilan mahalliy aholi tinchini buzdi. Avval millatchi yigit avtobusda ketayotib, pivosini to‘kib yuborgan. Undan so‘ng shu avtobusdagi rus bo‘lmagan yigitni millatchilik asosda haqoratlashni boshlagan. So‘ngida pichoq bilan hamla qilgan.

Avtobusdan so‘ng xuddi shu millatchi oziq-ovqat do‘konida boshqa odam bilan bahsga kirishib, urishib ketgan. U yerda bu bezori boplab do‘pposlangan. Kuchi yetmaganidan keyin voronejlik millatchi unga aqlini kiritgan kishining yuziga pichoq urgan.

Natijada politsiya jinoyatchini qo‘lga olgan va millatchilikni keltirib chiqarish bo‘yicha jinoiy ish ochgan. Shundan so‘ng 19 yoshli voronejlik yigitning millatchilik qilgani uchun uzr so‘ragan videosi e’lon qilindi.

Millatchini 10 yilgacha qamoq jazosi kutayotgani ma’lum. E’tiborli tarafi shundaki, rus millatiga mansub bo‘lgan shaxslarga millatchilik uchun jinoiy ish ochilishi kam kuzatiladi.

Voronej anchadan buyon millatchilik markazi bo‘lib qolmoqda. “Shimol odami” va “Rus jamiyati” kabi millatchi tashkilotlarning markazlari Voronejda joylashgan va Misha Mavashi taxallusi bilan mashhur ultrao‘ng faol ham shu shaharda yashab kelishi aytiladi.

<script async src=”https://telegram.org/js/telegram-widget.js?22″ data-telegram-post=”migrantuzb/10008″ data-width=”100%” data-single></script>

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация