Maqola

163 11/06/2024

Turkmaniston fuqarosi 15 ming rubl evaziga «выдворение»dan qutilmoqchi bo‘lib, “ФСБ” hodimiga pora taklif qilgan. Natijada pora taklif qilgani uchun erkak ikki yilga qamaldi. Bu haqida hududiy Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mart boshida erkakni boshqa migratsiya qonunchiligini buzgan muhojirlar bilan birga politsiya bo‘limiga yetkazishgan. Erkak uni Rossiyadan chiqarib yuborishlarini bilgani uchun “ФСБ” hodimiga pul taklif qiladi. Hodim pora taklif qilganlik uchun jinoiy javobgarlik borligini aytib, ogohlantiradi.

Ammo muhojir ogohlantirishga qaramay pulni hodimning daftari muqovasiga solib qo‘yadi.

Pora berishga uringanlik uchun Turkmaniston fuqarosi Rossiya Jinoiy Kodeksining 291- va 30- moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilib, ikki yil qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Bunday holatlar kam emasligini hisobga olib, muhojirlarga pora berishga urinish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya