Maqola

239 29/06/2024

2024-yilning 5-yanvaridan boshlab Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra endi sudlar migrantga qo‘llaydigan “выдворение”ni jarima yoki majburiy ish soatlariga almashtirishi mumkin.

Migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun sudlar taqiq o‘rniga jarima qo‘llashda quyidagi asoslarga tayanadi:

Migrantning Rossiyada:
🔸 oilasi bormi;
🔸 soliqlarni to‘lab boradimi;
🔸daromadi va mehnt faoliyati rasmiy va qonuniymi;
🔸 Rossiyada uy-joyi yoki boshqa ko‘chmas mulki bormi;
🔸 Kasbiga qanchalik talab yuqori
🔸 Rossiya fuqaroligiga hujjat topshirganmi va h.k.

Barcha holatlarni ko‘rib chiqib, sudya ma’muriy chiqarib yuborish jazosi haddan tashqari katta jazo, degan xulosaga kelsa, 40 000 dan 50 000 rublgacha jarima yoki 150 dan 200 soatgacha bo‘lgan majburiy mehnat shaklida javobgarlik belgilashi mumkin.

Aynan qanday jazoni qo‘llash –migrantning vaziyatiga, sudda asoslarni to‘g‘ri namoyish qilib berishga bog‘liq. Shuning uchun, albatta, professsional yuristlar yordamida sudga tayyorlanib, shikoyatni kechiktirmay topshirish kerak. Chunki shikoyatga berilgan muddat 10 kun xolos.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya