<?xml version="1.0"?>
<oembed><version>1.0</version><provider_name>Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ</provider_name><provider_url>https://migrant.uz/uz</provider_url><author_name>&#x420;&#x435;&#x434;&#x430;&#x43A;&#x442;&#x43E;&#x440;</author_name><author_url>https://migrant.uz/uz/author/maftuna/</author_url><title>ENA - Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ</title><type>rich</type><width>600</width><height>338</height><html>&lt;blockquote class="wp-embedded-content" data-secret="81nKKumo8S"&gt;&lt;a href="https://migrant.uz/uz/ena/"&gt;ENA&lt;/a&gt;&lt;/blockquote&gt;&lt;iframe sandbox="allow-scripts" security="restricted" src="https://migrant.uz/uz/ena/embed/#?secret=81nKKumo8S" width="600" height="338" title="&#x201C;ENA&#x201D; &#x2014; Migrantlar uchun axborot-xizmat portali - MIGRANT.UZ" data-secret="81nKKumo8S" frameborder="0" marginwidth="0" marginheight="0" scrolling="no" class="wp-embedded-content"&gt;&lt;/iframe&gt;&lt;script type="text/javascript"&gt;
/* &lt;![CDATA[ */
/*! This file is auto-generated */
!function(d,l){"use strict";l.querySelector&amp;&amp;d.addEventListener&amp;&amp;"undefined"!=typeof URL&amp;&amp;(d.wp=d.wp||{},d.wp.receiveEmbedMessage||(d.wp.receiveEmbedMessage=function(e){var t=e.data;if((t||t.secret||t.message||t.value)&amp;&amp;!/[^a-zA-Z0-9]/.test(t.secret)){for(var s,r,n,a=l.querySelectorAll('iframe[data-secret="'+t.secret+'"]'),o=l.querySelectorAll('blockquote[data-secret="'+t.secret+'"]'),c=new RegExp("^https?:$","i"),i=0;i&lt;o.length;i++)o[i].style.display="none";for(i=0;i&lt;a.length;i++)s=a[i],e.source===s.contentWindow&amp;&amp;(s.removeAttribute("style"),"height"===t.message?(1e3&lt;(r=parseInt(t.value,10))?r=1e3:~~r&lt;200&amp;&amp;(r=200),s.height=r):"link"===t.message&amp;&amp;(r=new URL(s.getAttribute("src")),n=new URL(t.value),c.test(n.protocol))&amp;&amp;n.host===r.host&amp;&amp;l.activeElement===s&amp;&amp;(d.top.location.href=t.value))}},d.addEventListener("message",d.wp.receiveEmbedMessage,!1),l.addEventListener("DOMContentLoaded",function(){for(var e,t,s=l.querySelectorAll("iframe.wp-embedded-content"),r=0;r&lt;s.length;r++)(t=(e=s[r]).getAttribute("data-secret"))||(t=Math.random().toString(36).substring(2,12),e.src+="#?secret="+t,e.setAttribute("data-secret",t)),e.contentWindow.postMessage({message:"ready",secret:t},"*")},!1)))}(window,document);
/* ]]&gt; */
&lt;/script&gt;
</html><thumbnail_url>https://migrant.uz/wp-content/uploads/2024/11/tild6262_6265_4038_a238_356135633462_dilruh_isomiddinova_1038x576.jpg</thumbnail_url><thumbnail_width>860</thumbnail_width><thumbnail_height>473</thumbnail_height><description>Dehqon egatidek taram-taram qirlar ufqqa qadar bir-biriga ulanib ketgan. Adirning nishabliklari uzra yakkam-dukkam loy suvoqli past-baland uylar qad rostlagan. Qum shag&#x2018;al aralash bo&#x2018;z tuproq aro bo&#x2018;tako&#x2018;z, jingak va karrak kabi qurib qovjiragan o&#x2018;simliklar, ahyon-ahyonda esuvchi jin shamol maqomiga hamohang chayqalib qo&#x2018;yadi. Qorning sovug&#x2018;ini yodga soluvchi izg&#x2018;irin, qishloq bolalariga cho&#x2018;t emas Ikki qirning qiya tomoniga guvaladek keladigan juft toshlarni darvoza qilib belgilagan bolalar, chala shishirilgan, rangi-quti o&#x2018;chib, pittig&#x2018;i chiqib ketgan koptokni tepish bilan ovora. Simillagan sovuq tanasidan o&#x2018;tganidan bexabar, dam-badam burnini torta-torta chopib yurishibdi. G&#x2018;ozlar galasidek g&#x2018;ala-g&#x2018;ovur shovqinsib o&#x2018;ynayotgan bolalar ilkis jimib qolishadi. Nishablikka tepilgan to&#x2018;p o&#x2018;z holicha iziga qaytib shundoqqina bolalar oyog&#x2018;i orasidan yumalab ketdi. Osmonga nigohi qadalgan Nortoyning ko&#x2018;zlari halqa-halqa yoshga do&#x2018;ndi. Lojuvard kenglik ichra o&#x2018;zidan oppoq iz qoldirib samolyot uchib bormoqda. Bolalar ichida kimdir chuqur-chuqur xo&#x2018;rsinar, kimdir og&#x2018;ir so&#x2018;lish olardi. Eski, kiyilaverib yaltirab yag&#x2018;iri chiqib ketgan kurtkasining zamogini goh tepaga, goh pastga tushirib ermaklayotgan o&#x2018;n yoshlar atrofidagi jingalak sochli, tim qora teran ko&#x2018;zli, o&#x2018;rta bo&#x2018;yli jikkakkina Nortoy tengqurlariga zimdan ko&#x2018;z tashladi. Shu payt adir manglayida, qoshi-ko&#x2018;zi pilikdek, bitta qilib o&#x2018;rilgan kashtanrang sochlari ipak ro&#x2018;moli ostidan chiqib beli uzra nag&#x2018;malanib turgan qiz ko&#x2018;rinadi. Yuvilaverib, ohori to&#x2018;kilgan qirmiz gulli ko&#x2018;ylagi ustidan, ilib olgan yengsiz, astari uvada nimtasining yirtiq-yamoq joylarini kaftlari bilan berkitgan ko&#x2018;yi atrofga alanglaydi. Kaftini peshonasiga tirkab maydon o&#x2018;rtasida uymalashib turgan bolalar tomon ovoz beradi. &#x2013; Nortoyu-uv! Hoy Nortoy! Nortoy ko&#x2018;zlarini pirpiratib, yutinib olgach, baland ovozda chaqiriqqa javob qaytaradi. &#x2013; Ho-ov? &#x2013; Kech bo&#x2018;ldi. Qo&#x2018;y-echkilaringni haydab kemaysanma? &#x2013; Xo&#x2018;p, hazir boraman! Bolakay qir betida to&#x2018;ydagi sochmadek sochilib, joyma-joy o&#x2018;tlab yurgan qo&#x2018;y-echkilari sari odimladi. Zum o&#x2018;tmay qo&#x2018;y-echkilarini oldiga solib, do&#x2018;nglik ustida poylab turgan opasi yoniga keladi. Mehrinoz uni jilmaygancha qarshilar ekan: &#x2013; Keldingmi Toy, &#x2013; deya sochlarini yengil siypalab qo&#x2018;ydi. Bunga javoban tasdiq ma&#x2019;nosida bosh irg&#x2018;agan Nortoy, indamaygina suruv ortidan ergashadi. Bir necha odim otgach, to&#x2018;satdan nimadir yodiga tushganday to&#x2018;xtab, ilkis ortiga qayrilib opasiga qaraydi: &#x2013; Opa&#x2026; tirik yetim, degani nima? Qiz Nortoyning og&#x2018;zidan chiqqan bu so&#x2018;zdan so&#x2018;ng, go&#x2018;yo tosh qotgan tog&#x2018;lardek serrayib, holsiz turib qoladi. Bu so&#x2018;z beixtiyor qizni xotiralar komiga sudrab ketadi. * * * Mehrinoz tunda uyg&#x2018;onib, tepasida yig&#x2018;lab o&#x2018;tirgan onasiga ko&#x2018;zi tushdi. Tushimi, o&#x2018;ngimi anglolmay biroz dovdirab, ko&#x2018;zini barmog&#x2018;i bilan ishqalagan kuyi onasidan so&#x2018;radi. &#x2013; Ena, nima bo&#x2018;ldi?! Yig&#x2018;idan o&#x2018;pkasini bosolmay Nursuluv tutilib-tutilib javob qaytardi. &#x2013; O&#x2018;zim&#x2026;o&#x2018;zim qizim. Bezovta bo&#x2018;lma, uxlay qol. Mehrinoz yostiqqa bosh qo&#x2018;ygach ham onasi piqillab yig&#x2018;lashdan to&#x2018;xtamaganini eshitib hayronlari sarson bo&#x2018;lib yotdi. Azbaroyi uyqu zo&#x2018;rlik qilib, yana ko&#x2018;zi ilinganida onasining beozor turtkilashidan erinibgina ko&#x2018;zini ochdi. Uxladimi, yo&#x2018;qmi bilmay qoldi. Shuurida ko&#x2018;zlarini bir yumib ochgandek bo&#x2018;ldi. Allaqachon fason bo&#x2018;lib olgan ayol xuddi muhim sirni yashirgandek, ko&#x2018;rsatkich barmog&#x2018;ini lablariga bosib, uni o&#x2018;ziga imladi. &#x2013; Jim, ukalaring uyg&#x2018;onib ketmasin, &#x2013; deya shivirlab uyqusi ochilmagan qizni ayvonga yetaklab chiqdi. Nima bo&#x2018;layotganini anglay olmagan Mehrinozni ikki kiftidan tutgancha ayol pichirladi. &#x2013; Mehrijon men Maskovga ketayapman, qizim! Qiz hayrat aralash uyqusi o&#x2018;chib katta-katta ko&#x2018;zlari bilan onasiga tikildi. &#x2013; Qanday qilib&#x2026; bu nima deganingiz ena? Ayol yig&#x2018;idan qizargan ko&#x2018;zlaridagi yoshni yengi bilan arta-arta, so&#x2018;niq bir ovozda javob berdi. &#x2013; Otang menga ish tovubdi. Qiz yum-yum yig&#x2018;lab, onasining qadoq qo&#x2018;llarini [&hellip;]</description></oembed>

<!--
Performance optimized by W3 Total Cache. Learn more: https://www.boldgrid.com/w3-total-cache/

Object Caching 39/83 objects using Memcached
Lazy Loading
Minified using Memcached

Served from: migrant.uz @ 2026-10-13 09:37:45 by W3 Total Cache
-->